18:18 / 19.02.2021
2 747

O‘zbekistonda fevral oyidagi anomal issiq harorat rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonda fevral oyidagi anomal issiq harorat rekord o‘rnatdi
O‘zbekistonda 18 fevral kuni kuzatilgan havo harorati rekord o‘rnatdi. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni Toshkentda harorat 25,6 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lib, bu 1894 yilda kuzatilgan eng yuqori harorat (21,8 daraja)ga nisbatan 3,8 darajaga yuqori.

Respublikaning qolgan shaharlarida esa sutka davomida harorat quyidagicha ko‘tarildi:
Samarqand — 26,1 daraja, bu 1963 yilga nisbatan 6,0 daraja ga yuqori (20,1 daraja);
Termiz — 28,3 daraja, bu 1983 yilga nisbatan 5,3 darajaga yuqori (23,0 daraja);
Andijon — 19,6 daraja, bu 1970 yilga nisbatan 1,2 darajaga yuqori (18,4 daraja);
Namangan — 19,0 daraja, bu 1955 yilga nisbatan 1,6 darajaga yuqori (17,4 daraja);
Farg‘ona — 18,0 daraja, 19,0 daraja, bu 1999 yilga nisbatan 1,8 daraja ga yuqori (16,2 daraja);
Sirdaryo — 23,7 daraja, bu 1963 yilga nisbatan 3,8 darajaga yuqori (19,9 daraja);
Jizzax — 25,0 daraja, bu 1894 yilga nisbatan 2,4 darajaga yuqori (22,6 daraja);
Qarshi — 32,0 daraja, bu 1962 yilga nisbatan 8,6 darajaga yuqori (23,4 daraja);
Navoiy — 30,0 daraja, bu 1962 yilga nisbatan 7,0 darajaga yuqori (23,0 daraja);
Buxoro — 28,2 daraja, bu 1962 yilga nisbatan 4,5 darajaga yuqori (23,7 daraja).

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, 16 fevraldan 18 fevralgacha Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishining kuchayishi anomal iliq ob-havoni belgilaydi. 18 fevral kuni o‘rtacha kecha-kunlik havo harorati me’yordan 13-15 darajaga yuqori bo‘lishi kutilgan va meteorologik kuzatuvlar davri uchun ushbu kunlarning absolyut qiymatlaridan oshib ketishi kerak edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda fevral oyidagi anomal issiq harorat rekord o‘rnatdi