date

Kolorado tog‘-kon maktabi bilan hamkorlikda geologiya markazi ochiladi


O‘zbekistonda zamonaviy geologiya bo‘yicha kompetensiyalar markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha xorijiy hamkorlar, jumladan, AQShdagi Kolorado tog‘-kon maktabi ko‘magida amalga oshiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishib, uni qo‘llab-quvvatladi. Markaz ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlarni birlashtiradi.

Uning asosiy vazifasi — yangi konlarni tezkor izlash uchun raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va aero-geofizika uslublarini joriy etishdir. Shuningdek, raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish, geokimyoviy va kosmo-geologik tadqiqotlarni integratsiya qilish, mintaqaviy geologik qidiruv ishlarini kengaytirish ham rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kolorado tog‘-kon maktabi bilan hamkorlikda geologiya markazi ochiladi