
Angliyada har yili 26-dekabr, ya'ni Boxing Day (Sovg'alar kuni) an'anaviy ravishda futbol uchrashuvlariga boy kun hisoblanadi. Odatda, bu kunda Angliya Premier Ligasi 18-turi doirasida bir qator uchrashuvlar o'tkaziladi.
Ammo bu yil asosiy o'yinlar kuni 27-dekabr, shanba kuniga belgilandi. The Times nashrining xabariga ko'ra, bu yil 26-dekabrda faqat bitta uchrashuv o'tkazilishi mumkin.
Bu esa 1945-yildan beri, ya'ni Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so'ng, Boxing Day uchun eng kam o'yinlar soni bo'ladi. So'nggi 80 yil ichida Boxing Day kunda eng kam uchrashuvlar 1981-yilda qayd etilgan edi, o'shanda faqat ikki o'yin o'tkazilgan edi.
Futbol ishqibozlari orasida Boxing Day atamasi tez-tez butun Rojdestvo va Yangi yil davridagi o'yinlar uchun ishlatiladi. Ammo bayramning o'zi faqat 26-dekabr kuni nishonlanadi.
Joriy mavsumda Premier Liga Boxing Day va undan keyingi o'yinlar uchun rasmiy taqvimni e'lon qilishni kechiktirmoqda. Bu holat taqvimni tuzishdagi qiyinchiliklar bilan izohlanmoqda.
Taqvim 15-oktabrda e'lon qilinishi kerak edi, ammo hozirgacha faqat yanvar oyi oxiriga qadar bo'lgan o'yinlar rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar