Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 oktabr kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.
Toshkent viloyatida esa kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz shivalama yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu oktabr oyi oxirgi kunlari me’yoridan 4-5 darajaga pastdir.
30 oktabr, shanba kuni O‘zbekistonda bulutlilik nisbatan kam bo‘ladi, yog‘ingarchilik hatto tog‘li hududlarda kutilmaydi. Kechasi va ertalab harorat 0-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kuni esa 16-19 daraja iliq bo‘ladi.
31 oktabr, yakshanba kuni respublika bo‘yicha havoda yana bulut ko‘payishi kutilmoqda, O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Tog‘larda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin