Aholiga bepul dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi

Aholiga bepul dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi
Qisqacha

Aholiga bepul dori vositalari ro'yxati tasdiqlandi. Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'i bilan 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan ro'yxatda 69 turdagi dori vositalari, jumladan, onkologik va yurak-qon tomir kasalliklari uchun dori vositalari mavjud. Dori vositalari shifokor tomonidan tayinlangan holda, "reimbursatsiya" tamoyili asosida bepul taqdim etiladi. Bemorlar elektron retsept orqali dorixonadan dori olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan aholiga bepul beriladigan dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi. Mazkur hujjat 2027 yil 1 yanvardan kuchga kirishi belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, roʻyxat Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi bilan kelishilgan. Unda turli kasalliklarni davolash uchun 69 turdagi dori vositalari qamrab olingan.

Jumladan, onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar uchun dori vositalari kiritilgan. Roʻyxatdan Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol, Ambroksol, Kaliy yodid va Geparin kabi preparatlar oʻrin olgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu dastur “reimbursatsiya” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Yaʼni, shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari xarajatlari qoplab beriladi.

Bunda bemorlar oilaviy shifokor yozgan elektron retsept orqali shartnoma asosidagi dorixonalardan dorilarni bepul olish imkoniga ega boʻladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar