Kuchli yomgʻir “Chorsu” metro bekati faoliyatiga taʼsir qilmagani maʼlum qilindi

Kuchli yomgʻir “Chorsu” metro bekati faoliyatiga taʼsir qilmagani maʼlum qilindi
Qisqacha

3 may kuni Toshkent shahrida kuchli yomg'ir kuzatildi, bu esa "Chorsu" metro bekati atrofida suv to'planishi haqida videolar tarqalishiga sabab bo'ldi. FVV rasmiylari ma'lum qilishicha, suv oqimlari metro tomon yo'nalgan bo'lsa-da, ko'p qismi drenaj tizimi orqali chiqarilgan. Hozirda "Chorsu" metro bekati odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda va poezdlar harakati belgilangan jadval asosida davom etmoqda.

3 may kuni respublika hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli yogʻingarchilik kuzatildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda “Chorsu” metro bekati atrofini suv bosgani haqidagi videolar tarqalishiga sabab boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy izoh berdi.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, suv oqimlari metro tomon yoʻnalgan boʻlsa-da, uning katta qismi irrigatsiya va drenaj tizimi orqali chiqib ketgan. Suv toʻplanishining oldini olish uchun Toshkent shahar FVB kuch va vositalari jalb etilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda “Chorsu” metro bekati odatiy tartibda faoliyat yuritmoqda.

Poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida uzluksiz davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar