date

Oʻzbekistonda havo 38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda havo 38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda joriy hafta davomida havo harorati 38 darajagacha koʻtarilishi prognoz qilinmoqda.

Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 4 may — dushanba kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida noustuvor ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Toshkent, Samarqand viloyati, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati hamda Fargʻona vodiysi hududlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 23–26 daraja atrofida boʻladi. Shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida esa yogʻingarchilik kutilmaydi va harorat 27–32 darajagacha koʻtariladi.

5–7 may kunlari mamlakatning katta qismida yogʻingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir boʻlishi ehtimoldan xoli emas. 8 may kuni esa janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari,respublika boʻylab baʼzi joylarda qisqa yomgʻir yogʻishi mumkin.

5–8 may kunlari havo harorati bosqichma-bosqich oshadi: kechalari 17–20 daraja, kunduz kunlari 32–35 daraja, janubiy hududlarda esa 38 darajagacha yetishi kutilmoqda.

6–7 may kunlari shamol asosan choʻl hududlarida, 8 may kuni esa respublika boʻylab ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi hududlarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida 4–5 may hamda 8 may kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor.

Poytaxt Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi havo harorati 24–26 darajani tashkil etadi, 5–8 may kunlari esa bosqichma-bosqich 30–35 darajagacha koʻtariladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, 8 may kuni ayrim joylarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayib, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda havo 38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda