Shu kunlarda Samarqandga tashrif buyurgan «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.
Mehmon Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzaev hamrohligida Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. «Lukoyl»kompaniyasi rahbari Islom Karimovni hech shubhasiz mustaqil O‘zbekistonning asoschisi deya atash mumkinligini e’tirof etdi va Karimov o‘z davlatni boshqarishda o‘zining yorqin iqtisodiy bilimlarini namoyish etgan holda ona vatan ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.
«Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishtiroki, «Uzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyihani amalga oshirishi aynan Islom Karimovning tashabbusi bilan bo‘lgan, deb yoziladi nashrda.
Vagit Alekperov Samarqandga tashrifi doirasida Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Doniyol payg‘ambar qabri va va boshqa diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rdi hamda «Samarqand-Buxoro ipak gilami» qo‘shma korxonasining faoliyati bilan tanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi