Alisher Usmonovning matbuot xizmati milliarderning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga ta’sir o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi. Bu haqida tadbirkorning matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston yangi rahbariyatiga aloqasi yo‘q, bu boradagi maqolalar esa mish-mishdan boshqa narsa emas», — deb yozadi Forbes'ga asoslanib Kun.uz nashri.
«Bir necha marta aytilganidek, A.B.Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi», — deyilgan matbuot relizida. Shuningdek unda Usmonovning O‘zbekistonda ko‘p do‘stlari va qarindoshlari borligi ta’kidlangan.
Manbaga ko‘ra, agar O‘zbekiston rahbariyati qandaydir yordam so‘rab murojaat qilsa, Alisher Usmonov «foydasi tegishidan xursand bo‘ladi». Matbuot relizida shuningdek ishbilarmonning «tarixiy vataniga muvaffaqiyatlar va farovonlik» tilashi ma’lum qilingan.
Bundan avval Reuters agentligi ikki diplomatik manbasiga tayanib, O‘zbekistonning boshqaruv tizimiga doir xato ma’lumot bergan va Alisher Usmonovning hozirgi rahbariyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgan va «Toshkent aeroportida milliarderning samolyoti ko‘p kuzatilayotgani»niga ishora qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi