O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazadi.
Bahodirning jangi Oleksandr Usik va Tayson Fyuri jangi oqshomida bo‘lib o‘tadi. Boxrec portalida uning jangi sanasi belgilandi.
Hozircha unga kim raqib bo‘lishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17 noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar