date

Harry Kane Cristiano Ronaldoning rekordini takrorladi

Harry Kane Cristiano Ronaldoning rekordini takrorladi

Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida Bavariya hujumchisi Harry Kane Pari Sen-Jermen darvozasini ishg‘ol qilib, o‘ziga xos tarixiy natijani qayd etdi. Uchrashuvning 90+4-daqiqasida urilgan gol ingliz futbolchisiga turnirning pley-off bosqichidagi ketma-ket oltita o‘yinda gol urish imkonini berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Shu tariqa, Harry Kane 2012–2013-yilgi mavsumda Real Madrid safida xuddi shunday natija ko‘rsatgan Cristiano Ronaldoning rekordini takrorladi. Kane ushbu seriyani Atalanta, Real Madrid va Pari Sen-Jermen jamoalariga qarshi bahslarda amalga oshirdi.

Garchi Harry Kane gol urgan bo‘lsa-da, Bavariya Parijdagi dastlabki o‘yinda 5:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani sababli Chempionlar ligasini tark etdi. Pari Sen-Jermen esa finalda Arsenal jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Joriy mavsumda Harry Kane Bavariya safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 55 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hujumchi Bundesliga to‘purarlari poygasida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Harry Kane Cristiano Ronaldoning rekordini takrorladi