Ilgari havaskorlar va professionallar boksi o‘rtasida aniq va qat’iy chegaralar bo‘lgan. Professional jangchilar havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmagan.
O‘z navbatida, professional janglarda ringga ko‘tarilgan havaskor bokschilarning natijalari tan olinmagan. Bunga Ruslan Chagayevni misol qilish mumkin. 1997 yili Vengriyaning Budapesht shahridagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan og‘ir vaznli bokschimizning chempionligi bekor qilingan. Bunga chempionatdan oldin Ruslan AQSHda ikki professional bokschi – Donni Penelton va Brayan Jons bilan jang qilgani sabab bo‘lgan. O‘sha janglarda Chagayev raqiblarini nokautga uchratgandi.
Ana shunday cheklovlar sabab Ruslan Chagayev professional faoliyatini 2021 yilda Belfastdagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin davom ettirishiga to‘g‘ri keldi.
Keyinchalik bu qoidalar o‘zgardi va o‘rtadagi chegara, to‘siq, cheklovlar olib tashlandi. Endi o‘ziga ishongan charm qo‘lqop ustalari har ikki yo‘nalishda jang qilishi mumkin edi. Bu imkoniyadan o‘zbek bokschilari unumli foydalanmoqda.
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatov kabi bir qator charm qo‘lqop ustalari ham havaskor, ham professional janglarda o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.
Professional bokschilarning havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashishi 2019 yildagi jahon chempionatidan keyin tanqid ostiga olina boshladi. Yekaterinburgdagi chempionatda Bahodir Jalolov amerikalik bokschi Richard Torresni bir zarba bilan birinchi raundning o‘zidayoq chuqur nokautga tushirdi.
Tanqidlarga parvo qilmagan Bahodir Jalolov o‘z ishini davom ettirdi va kelasi yili Tokio Olimpiadasida yana o‘sha Richard Torresni bu gal ochkolar hisobida yengib, birinchi marta Olimpiya o‘yinchilari chempioni bo‘ldi. Torres shundan keyin katta maydonlarda ko‘rinmay qoldi.
Bu gal Parij shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari O‘zbekiston terma jamoasining yaqqol g‘alabasi bilan yakunlandi. Yetti vaznda tashkil etilgan musobaqalardan beshtasida oltin medal o‘zbek bokschilariga nasib qildi. Deyarli biror raqib o‘zbek charm qo‘lqop ustalariga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi.
Amerikaning Boxinscene portali Bahodir Jalolovning ketma-ket g‘alabalarini uning professional boksda ham tajriba orttirganiga bog‘lashga urinmoqda.
- 2019 yilning sentyabrida Jalolov Richard Torresni birinchi raunddayoq nokautga tushirganidan keyin professionalllarning Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi borasida munozaralar kuchayib ketgan edi. Tanqidlarga qaramay, Bahodir Jalolov 2020 yili Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu yilgi Olimpiadada esa, Jalolov faqatgina avstraliyalik Teremoana Juniorning qarshiligini sezganday bo‘ldi, biroq barcha raqiblaridan ancha ustun ekanini isbotlab, yana chempionlikni nishonladi.
Endi Jalolov ikkita olimpiya oltin medaliga ega dunyodagi yagona o‘ta og‘ir vaznli bokschi hisoblanadi. Lekin uning professional mavqei professional bokschilarning havaskorlar ishtirokidagi zamonaviy Olimpiya o‘yinlarida qatnashishiga ruxsat beradigan konsepsiyaning qanchalar adolatli ekaniga savollar tug‘diradi, - deb yozmoqda Boxingscene portali.
Shu o‘rinda, Bahodir Jalolov bundan buyon bor e’tiborini professional boks bo‘yicha jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritishga qaratganini ta’kidlash lozim. 2018 yildan beri profringda 14 ta jang o‘tkazgan hamyurtimiz, bu bahslarning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi