
Krishtianu Ronaldu yaqinda Portugaliya terma jamoasining JCh-2026 saralash bosqichida Vengriyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (2:2 hisobidagi durang) almashtirilishi haqida fikr bildirdi. Jurnalist Pirs Morgan undan so‘radi: “Sizni 77-daqiqada, dubl qayd etganingizdan so‘ng almashtirishdi.
Raqib esa oxirgi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Men sizning o‘sha paytdagi hissiyotlaringizni tasavvur qila olaman.
Agar men murabbiy bo‘lganimda, Krishtianu Ronaldu ikkita gol urgan bo‘lsa, uni almashtirmas edim. Siz uchinchi golni urib, o‘yinni yutishingiz uchun hamma narsani qilardingiz.
O‘sha almashtirishdan keyin qanday his qildingiz?” Ronaldu javob berdi: “Sizni tushunaman, lekin murabbiy pozitsiyasini ham hisobga olishim kerak. Balki u natijani saqlab qolishni va boshqa futbolchini maydonga tushirib, himoyani mustahkamlashni istagandir.
Men buni tushunaman va murabbiyning qaroriga rozi bo‘lishim kerak – axir biz har xil fikrlaymiz. Agar maydonda qolganimda, albatta, uchinchi golni urishga harakat qilgan bo‘lardim.
Lekin ba’zida almashtirish ham normal holat, hatto ikkita gol urganingda ham. Bu endi men uchun muammo emas.
Men shunchalik ko‘p xet-trik qayd etdimki, bitta ko‘pmi yoki kammi, unchalik ahamiyati yo‘q.” “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing