
Manama (Bahrayn) shahrida o'tkazilayotgan III Osiyo yoshlar o'yinlarida O'zbekiston boks terma jamoasi musobaqalarni muvaffaqiyatli boshladi. Garchi bir mag'lubiyat qayd etilgan bo'lsa-da, o'zbekistonlik bokschilar barqaror va samarali natijalar ko'rsatmoqda.
Kun dastlabki jangini ayollar terma jamoasi vakilasi Ruhshonabonu Ahadova 46 kg vazn toifasida o'tkazdi. Filippinlik bokschi Shairilla Poresga qarshi o'tgan jangda kuchlar teng bo'ldi, ammo minimal ustunlik bilan raqib 2:3 hisobida g'alaba qozondi.
Kun ikkinchi jangida ringga 80 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etayotgan Asadbek Sultonboev chiqdi. Uning raqibi hindistonlik bokschi Raxul bo'ldi.
Sultonboev jang boshidanoq tashabbusni qo'lga olib, faol harakat qildi va raqibini doimiy ravishda kanatga siqib bordi. Birinchi raunddayoq u tanaga va boshga aniq zarbalar yo'llab, hakamni jangni to'xtatishga majbur qildi.
Natijada, Sultonboev texnik nokaut bilan g'alaba qozondi. Navbatdagi muvaffaqiyatni 50 kg vazn toifasidagi Nazokat Mardonova qo'lga kiritdi.
U yaponiyalik Runa Ito bilan jangda tashabbusni boshidanoq qo'lga oldi. Mardonova ringni yaxshi nazorat qilib, aniq va sovuqqonlik bilan harakat qildi.
Raqib bir necha bor tashabbusni qo'lga olishga urinib ko'rgan bo'lsa-da, Mardonova o'zining ustunligini saqlab qoldi. Yakuniy hisob 5:0, Mardonova foydasiga.
Kun eng yorqin janglaridan biri Abdug'ani Yo'rkinjonovning 46 kg vazn toifasidagi koreyalik raqibi Li Changvuk bilan o'tkazgan uchrashuvi bo'ldi. Yo'rkinjonov birinchi raunddayoq jangni to'liq nazorat qildi, masofani qisqartirib, tanaga faol zarbalar yo'lladi va raqibga hujum qilish imkonini bermadi.
Ikkinchi raundda uning ustunligi yanada yaqqol ko'zga tashlandi. Uchinchi raundda esa Abdug'ani aniq o'ng zarba bilan koreyalik bokschini nokdaunga tushirib, texnik nokaut bilan jangni yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar