Rossiya terma jamoasi martda qaysi shaharlarda o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yinlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bahs 27-mart, juma kuni Sankt-Peterburgda tashkil etiladi. 31-martda esa Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa Krasnodarga yo'l oladi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko'ra, bu uchrashuvlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov o'rtoqlik o'yinlari uchun ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini aytgandi.
Dyukovning ta'kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimolini ham hisobga olgan holda tuzilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo'lgan ssenariy ham ko'rib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!