Sevilya Marsel hujumchisi Nil Mopeni ijaraga oldi

"Marsel" hujumchisi Nil Mope "Sevilya"ga ijara asosida ko'chib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klublar o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Shartnomada futbolchini 6 million yevroga sotib olish opsiyasi ham bor, biroq u majburiy emas.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, forvard 27-yanvar, seshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng yangi jamoasiga qo'shiladi.
2025/2026-yilgi mavsumda 29 yoshli Mope 4 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi.
Futbolchining bozor qiymati 4 million yevro deb baholanmoqda. Agar andalusiyaliklar uni to'liq sotib olishga qaror qilsa, bu summadan 2 million yevroga ko'proq to'laydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing