date

Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini aytdi

Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi borasida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar klub bilan bogʻlab turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan iqtibosga ko‘ra, Eberl: «Biz Upamekanodan javob kutyapmiz», dedi.

Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi shartnoma bo‘yicha Upamekanoga taqdim etilgan taklif shartlarini yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano hozirga qadar «Bavariya» safida 176 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini aytdi