Aleksandr Pato Angliya klubini sotib olishga yaqin turibdi

“Milan”ning sobiq hujumchisi, braziliyalik Aleksandr Pato yaqin orada futbolga qaytishi mumkin, ammo bu safar maydonda emas. U Angliyaning “Kolchester” klubida nazorat paketini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozir “Kolchester” League Two’da — Angliya futbolidagi kuch jihatidan to'rtinchi divizionda ishtirok etadi. Klub rahbariyati braziliyalik bilan bo'layotgan muzokaralarni tasdiqlagan, Patoning o'zi ham so'nggi paytlarda jamoa o'yinlarida tez-tez ko'rinmoqda.
Danni Kouli qo'l ostidagi jamoa ayni paytda o'ziga ishonch to'plab, natijalarini yaxshilamoqda va League One’ga ko'tarilish uchun kurash olib bormoqda. Pato kabi taniqli va xarizmatik shaxsning kelishi esa klubga media maydonida qo'shimcha turtki berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!