date

O‘zbekiston jamoasi dzyudo bo‘yicha kumush medal sohibi

O‘zbekiston jamoasi dzyudo bo‘yicha kumush medal sohibi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha jamoaviy musobaqalari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib, finalda Ozarbayjon jamoasiga imkoniyatni boy bergan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Finalga qadar O‘zbekiston dzyudochilari ajoyib natijalarni qayd etdi. Yarim finalda vakillarimiz Turkiya jamoasi ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ayniqsa, Irixon Qurbanboyeva (+70 kg) hal qiluvchi jangda g‘alaba qozonib, jamoamizni finalga olib chiqdi. Final bahsida O‘zbekiston dzyudochilari kuchli Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kurash olib borishdi.

Garchi bir nechta janglarda g‘alaba qozonilgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda g‘alaba Ozarbayjon jamoasiga nasib etdi. Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi VI Islom birdamligi o‘yinlarining kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston jamoasi dzyudo bo‘yicha kumush medal sohibi