date

So‘z erkinligi orqaga qaytmaydi: Yangi O‘zbekiston pozitsiyasi

So‘z erkinligi orqaga qaytmaydi: Yangi O‘zbekiston pozitsiyasi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatida mamlakatda so‘z va matbuot erkinligi borasidagi ochiq siyosat qat’iy davom ettirilishini yana bir bor ta’kidladi. Davlat rahbari bu masalada hech qanday ikkilanish yoki orqaga chekinish bo‘lmasligini ochiq-oydin aytdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston sharoitida ochiqlik va oshkoralik davlat siyosatining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib qoladi. “Yana bir marta ochiq aytmoqchiman. Hamma o‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham eshitib olsin. Yurtimizda keng ko‘lamli yangilanishlar davrida, Yangi O‘zbekiston davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Bu – birinchi masala. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bizda ustuvor vazifa bo‘lib qolgan va qoladi ham. Shuni hamma bilishi kerak”, — dedi u.

Shuningdek, murojaatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbari kelgusi besh yilga mo‘ljallangan fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash strategiyasi ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Ushbu strategiya islohotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Rejaga ko‘ra, fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish tizimi to‘liq raqamlashtiriladi, ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar esa ikki barobarga oshiriladi. Bu orqali nodavlat tashkilotlar faoliyatini yanada faollashtirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tashkil etish jarayonlari soddalashtirilib, ularning hisobdorligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu esa jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qisqasi, rasmiy bayonotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Yangi O‘zbekistonda ochiqlik, so‘z erkinligi va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining o‘zgarmas yo‘nalishi sifatida saqlanib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » So‘z erkinligi orqaga qaytmaydi: Yangi O‘zbekiston pozitsiyasi