«Manchester Siti» safarda g‘alaba qozonib, peshqadam bo‘lib oldi

Angliya Premer-ligasining 18-turida "Manchester Siti" safarda "Nottinghem Forest"ga qarshi maydonga tushib, keskin va jonli o‘tgan bahsda 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “shaharliklar” ancha faol harakat qildi. 48-daqiqada Reynders hisobni ochdi, uchrashuv yakuniga yaqin esa Sherki hal qiluvchi golni urib, jamoasiga muhim uch ochkoni ta’minladi. Mezbonlar safida Hatchinson 54-daqiqada javob to‘pini kiritib, intrigani saqlab qolishga urindi, biroq bu yetarli bo‘lmadi.
Mazkur bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonga tushmadi va butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 40 taga yetkazib, turnir jadvalida yana 1-pog‘onaga ko‘tarildi. «Nottinghem Forest» esa 18 ochko bilan xavfli hudud — 17-o‘rinda qolmoqda.
APL. 18-tur
Nottinghem Forest – Manchester Siti 1:2
Gollar: Hatchinson (54) – Reynders (48), Sherki (83)
Nottinghem Forest – Viktor, Savona, Milenkovich, Murillo, Uilyams, Dominges, Hatchinson, Gibbs-Uayt, Igor Jezus, Hadson-Odoi.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, Gvardiol, O’Rayli, Niko, Reynders (Savinio, 73), Sherki (Ake, 89), Foden, Silva, Holand.
Qisqasi, «Siti» chempionlik poygasida jiddiy ekanini yana bir bor isbotladi — jamoa formada, raqobat qiziq, oldinda esa yanada qizg‘in turlar kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!