date

Yaponiya hukumati kripto ETF va iyenaga bogʻlangan steyblkoinlarni qoʻllab-quvvatlamoqda

Yaponiya hukumati kripto ETF va iyenaga bogʻlangan steyblkoinlarni qoʻllab-quvvatlamoqda

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) aʼzolari mamlakatning kriptovalyuta soliq tizimini isloh qilish hamda iyena valyutasiga bogʻlangan steyblkoinlarni rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdi. Nada News xabariga koʻra, blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha parlament assotsiatsiyasi moliya vaziri Satsuki Katayamaʼga maxsus tavsiyanoma taqdim etgan. Hujjatda steyblkoinlar, birja investitsiya fondlari (ETF), markaziy bank raqamli valyutalari (CBDC) va blokcheyn ilovalarini joriy etish masalalari oʻrin olgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Tavsiyanomada chakana kripto derivativlari savdosi uchun leveraj limitini ikki baravar oshirish va raqamli aktivlarga bogʻlangan ETF fondlari uchun huquqiy asos yaratish taklif qilingan. Moliya vaziri Katayama ushbu takliflarga javoban, Yaponiya global oʻzgarishlardan ortda qolmasligi kerakligini taʼkidlab, AQSHdagi kripto qonunchiligi va tizimlarini misol qilib keltirdi. LDP aʼzosi Junichi Kanda esa Osiyo boʻylab on-chain moliya tizimini kengaytirish, jumladan, iyena steyblkoinlarini ommalashtirish zarurligini qayd etdi.

Ushbu tashabbus Yaponiya hukumati kripto aktivlarni toʻlov vositasi emas, balki moliyaviy vosita sifatida tasniflashga ruxsat berganidan ikki oy oʻtib eʼlon qilindi. Mamlakatning Moliyaviy xizmatlar agentligi (FSA) ham kripto ETF fondlariga ruxsat berish uchun tartibga solish tizimiga oʻzgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Hozirda global steyblkoin bozori 320 milliard dollarni tashkil etib, unda asosan USDga bogʻlangan tokenlar hukmronlik qilmoqda.

Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) maʼlumotlariga koʻra, iyena steyblkoinlarining bozor kapitallashuvi dollarga bogʻlangan tangalarning 0,01 foizidan ham kamroqni tashkil etadi. Shu bilan birga, AQSHda tartibga soluvchilar bosimi ostida qolgan Polymarket prognozlar platformasi 2030-yilga qadar Yaponiya bozoriga kirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Biroq, mamlakatdagi qimor oʻyinlariga oid qatʼiy qonunlar ushbu kompaniya uchun jiddiy toʻsiq boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yaponiya hukumati kripto ETF va iyenaga bogʻlangan steyblkoinlarni qoʻllab-quvvatlamoqda