date

Xakerlar Meta AI yordamida Instagram akkauntlarini oʻgʻirlashdi

Xakerlar Meta AI yordamida Instagram akkauntlarini oʻgʻirlashdi

Instagram ijtimoiy tarmogʻida foydalanuvchilar akkauntlarini buzib kirishga imkon beruvchi jiddiy xavfsizlik muammosi bartaraf etildi. Maʼlum boʻlishicha, kiberhujum Meta kompaniyasining sunʼiy intellekt asosida ishlovchi qoʻllab-quvvatlash chatbotini aldash orqali amalga oshirilgan. Xakerlar botni chalgʻitib, begona akkauntlarga kirish huquqini qoʻlga kiritishgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Oʻtgan dam olish kunlari Reddit va X platformalarida koʻplab foydalanuvchilar oʻz profillari oʻgʻirlangani haqida xabar berishdi. Jabrlanganlar orasida Obama davridagi Oq uyning 2017-yildan beri faol boʻlmagan rasmiy sahifasi, AQSH Kosmik kuchlari bosh master-serjanti John Bentinvegna hamda taniqli xavfsizlik tadqiqotchisi Jane Wong ham bor. Wong oʻz paroli uning xabarisiz oʻzgartirilganini va kun davomida parolni tiklash boʻyicha koʻplab soʻrovlar kelganini maʼlum qildi.

X platformasida eʼlon qilingan videoda xakerlik jarayoni bosqichma-bosqich koʻrsatilgan. Hujumchi avval VPN orqali oʻz manzilini qurbonning taxminiy joylashuviga moslashtirgan, bu esa Instagram himoya tizimlarini chetlab oʻtishga yordam bergan. Shundan soʻng, xaker Meta AI Support Assistant bilan chat boshlab, botdan akkauntga yangi elektron pochta manzilini biriktirishni soʻragan.

Chatbot xaker taqdim etgan pochtaga tasdiqlash kodini yuborgan va kod kiritilgach, parolni yangilash tugmasini koʻrsatgan. Eng xavfli jihati shundaki, xakerga qurbonning asl elektron pochtasiga kirish talab etilmagan. TechCrunch nashri videoda koʻrsatilgan xakerning pochta qutisiga haqiqatan ham tasdiqlash kodi kelganini tasdiqladi.

Dushanba kuni Instagram vakili Andy Stone ushbu xatolik bartaraf etilganini maʼlum qildi. Hozircha aynan qancha foydalanuvchi ushbu zaiflik tufayli jabr koʻrgani aniq emas. Meta kompaniyasi vaziyat yuzasidan qoʻshimcha rasmiy izoh berishdan bosh tortdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xakerlar Meta AI yordamida Instagram akkauntlarini oʻgʻirlashdi