Katie McCabe Chelsi jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi

1 daqiqa o'qish257
Katie McCabe Chelsi jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Irlandiya terma jamoasi sardori va Arsenalning sobiq himoyachisi Katie McCabe erkin agent sifatida Chelsi ayollar jamoasi safiga kelib qoʻshildi.
  • Oʻttiz yoshli tajribali futbolchi London klubi bilan 2029-yilning iyunigacha moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi, shuningdek, kelishuvda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi ham koʻzda tutilgan.

Chelsi ayollar jamoasi Angliya Premer-ligasidagi asosiy raqiblaridan biri boʻlgan Arsenal sardori Katie McCabe bilan shartnoma imzolab, yozgi transfer oynasidagi eng shov-shuvli yurishlardan birini amalga oshirdi. Irlandiya terma jamoasi sardori Londonning boshqa bir klubi bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida "koʻklar" safiga kelib qoʻshildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

30 yoshli tajribali himoyachi Chelsi bilan 2029-yilning iyuniga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi. Kelshuvda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi ham koʻzda tutilgan. Yevropa futbolining eng barqaror oʻyinchilaridan biri sanalgan McCabe, Kingsmeadow stadionida jamoaning sovrinlar uchun kurashida asosiy figuralardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Arsenal safida deyarli oʻn yil toʻp surgan va 300 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan McCabe, ushbu transfer orqali faoliyatida yangi sahifa ochayotganini taʼkidladi. "Bu men hozir tayyor boʻlgan yangi bosqich. Chelsi muxlislari uchun borimni berishga va Stamford Bridge maydoniga mezbon sifatida tushishga intizorman", — dedi futbolchi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

McCabe Arsenal bilan birgalikda Angliya chempionligi, Angliya kubogi va 2025-yilda ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 2021 va 2023-yillarda jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Uning oilaviy ildizlari aynan Gʻarbiy London klubi bilan bogʻliqligi ushbu transferga oʻzgacha maʼno bagʻishlaydi.

Xalqaro miqyosda ham Katie McCabe haqiqiy yetakchi hisoblanadi. Irlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh sardor sifatida u 105 ta oʻyinda 34 ta gol urgan. 2023-yilgi Jahon chempionatida oʻz mamlakatining ilk golini kiritgan va Ballon d’Or sovriniga nomzod boʻlgan birinchi irlandiyalik ayol futbolchiga aylangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?