date

O‘zbekiston WADA kuzatuv ro‘yxatida

O‘zbekiston WADA kuzatuv ro‘yxatida
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini (UzNADA) maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror 2025 yil fevral oyida o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan qoidabuzarliklar asosida qabul qilingan.

UzNADA o‘z navbatida xatolarni to‘rt oy ichida bartaraf etish rejasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi. "Agar belgilangan muddatda kamchiliklar to‘g‘rilanmasa, WADA avtomatik tarzda rasmiy xabarnoma yuboradi va tiklanish shartlarini belgilaydi", deyiladi agentlik bayonotida.

WADA xalqaro tashkilot bo‘lib, sportda doping qo‘llanilishiga qarshi kurashadi. Agentlik yagona antidoping qoidalarini ishlab chiqadi, taqiqlangan moddalar ro‘yxatini e’lon qiladi, tekshiruvlarni muvofiqlashtiradi va milliy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston WADA kuzatuv ro‘yxatida