Genich Rayo Valyekano va Osasuna o'yiniga taxmin berdi

Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida «Rayo Valyekano» o'z maydonida «Osasuna»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv bo'yicha taniqli futbol sharhlovchisi Konstantin Genich o'z prognozini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning fikricha, «Osasuna»ning hujumi ayni paytda ancha ishonchli ko'rinmoqda. «Rayo» safida ham gol uradigan futbolchilar bor, garchi jamoa bu mavsumda ko'p to'p kiritmayotgan bo'lsa-da. Sharhlovchi ushbu bahs uchun «ikkala jamoa ham gol uradi» variantini tavsiya qildi.
«Rayo Valyekano» — «Osasuna» uchrashuvi shanba, 24-yanvar kuni bo'lib o'tadi. O'yin 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
La Ligada 20 turdan so'ng mezbonlar turnir jadvalida 13-o'rinda, mehmonlar esa 12-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing