Balogun 2026 yilgi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi

"Monako" hujumchisi Folarin Balogun 2026 yilgi Jahon chempionati arafasidagi kutganlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa AQSH, Kanada va Meksika hududlarida o'tkaziladi. Balogun esa aynan AQSH terma jamoasi safida to'p suradi.
Futbolchi ta'kidlashicha, mundialda muvaffaqiyat ko'p jihatdan turnirga qanday sport formasida kelishga bog'liq. Uning aytishicha, hozir u "Monako"dagi o'yiniga maksimal e'tibor qaratib, maydondagi ishini yaxshilash orqali Jahon chempionatiga eng yaxshi holatda yetib borishni maqsad qilgan. Bu fikrlarni klub matbuot xizmati keltirdi.
2026 yilgi mundial bir qator tarixiy yangiliklari bilan ajralib turadi: ilk bor turnirga bir vaqtning o'zida uch davlat mezbonlik qiladi va musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
AQSH avval faqat bir marta — 1994 yilda — Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. O'shanda chempionlik Braziliya terma jamoasiga nasib etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!