“An-Nasr” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ronaldu yana gol urdi (video)

Saudiya Pro ligasining 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “An-Nasr” mehmonda “Damak” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, o‘yinning 5-daqiqasida Abdulrahmon G‘arib hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Krishtianu Ronaldu oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo mezbonlar futbolchisi Jamol Harkass 68-daqiqada hisobni qisqartirdi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.
Saudiya Proligasi. 16-tur
Damak — An Nasr 1:2
21 yanvar. Abha
Gollar: Harkass (68) — G‘arib (5), Ronaldu (50).
An Nasr — Bento, Al G‘annam, Simakan, Martines, Nosir (Bushal, 73), Koman (Al Haybari, 58), Angelo (Ash Sharari, 87), Brozovich, G‘arib (Al Hasan, 87), Feliks, Ronaldu.
Shu tariqa, Jezush jamoasi ochkolarini 37 taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi va bir o‘yini kam «Al Hilol»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. «Damak» 11 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!