"Real" katta tozalash tayyorgarligini boshladi: kimlar klubdan haydaladi?

Madridning “Real” klubi yozda tarkibni qayta ko‘rib chiqish va muayyan pozitsiyalarda “tozalash” qilish rejalarini ishga tushirmoqchi. Klub ichkarisida kadrlar bo‘yicha qarorlar avvaldan tayyorlab qo‘yilayotgani haqida navbatdagi xabarlar tarqaldi.
“Defenca Central” manbasi keltirgan ma’lumotga ko‘ra, “qirollik klubi” allaqachon ehtimoliy ketish nomzodlari ro‘yxatini shakllantirgan. Unda quyidagi futbolchilar tilga olinadi
- Vinisius Junior
- Eduardo Kamavinga
- Andrey Lunin
- Fran Garsiya
- Arda Gyuler
- Din Xyoysen
Muhimi, bu ro‘yxat “hammasi albatta sotiladi” degani emas. Manbaga ko‘ra, “Real” ushbu olti futbolchi bo‘yicha tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni eshitishga, shartlarini o‘rganishga va vaziyatga qarab qaror qabul qilishga tayyor. Ya’ni klubning pozitsiyasi oddiy “ko‘ramiz, baholaymiz, keyin hal qilamiz” rejimiga o‘xshaydi.
Bu yerda muxlislarning asosiy savoli tabiiy, kimlar haqiqatdan ham ketadi, kimlar esa qolib, yangi mavsumda o‘z o‘rnini yanada mustahkamlaydi. Chunki ro‘yxatda jamoa uchun muhim rol o‘ynay oladigan, hali o‘sish potensiali yuqori bo‘lgan ismlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, “qaymoqranglilar” ayni payt La Ligada 20 ta o‘yindan keyin 48 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Demak, klub mavsumning hal qiluvchi qismiga ham tayyorgarlik ko‘ryapti, yoz uchun ham “katta plan”ni oldindan yozib qo‘ygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!