date

Yuventus En-Nesiri transferini dam olish kunlari yakunlamoqda

Yuventus En-Nesiri transferini dam olish kunlari yakunlamoqda

Turinning “Yuventus” klubi “Fenerbahche” hujumchisi Yussef En-Nesirini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni aynan shu dam olish kunlari to‘liq yakunlashga yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli marokashlik forvard 22 mln yevroga baholanmoqda. Uning turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda En-Nesiri barcha klub turnirlarida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchi 2024 yil yozida Ispaniyaning “Sevilya” klubidan “Fenerbahche”ga 19,5 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, marokashlik futbolchi yaqin vaqt ichida “Qari sinyora” safidagi o‘yinchiga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus En-Nesiri transferini dam olish kunlari yakunlamoqda