
2025 yil 9 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 15-turida "Manchester Yunayted" safarda "Vulverxempton" ustidan 4:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, turnir jadvalining yuqori qismdagi o‘rnini mustahkamladi. "Yunayted" o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq bosimni kuchaytirib, "Vulverxempton" maydoniga o‘yinni ko‘chirdi.
Bir necha xavfli hujumlardan so‘ng, Brunu Fernandesh mezbon jamoa darvozaboni Andre xatosidan foydalanib, Mateus Kunya uzatgan to‘pni jarima maydoni ichida Jonston qo‘llari ostida darvozaga yo‘lladi. Biroq tanaffus oldidan "bo‘rilar" o‘yinga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.
Belgard chap qanotdan kelgan uzatmani quyi burchakka yo‘llab hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Ruben Amorim boshchiligidagi "Yunayted" jamoasi tezlik va agressiyani yana oshirdi.
Avvaliga Mbeumo mezbonlar himoyasining e’tiborsizligidan foydalanib, Diogo Dalotning uzatmasini bo‘sh darvozaga yo‘llab, "Qizil iblislar"ni yana oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, Meyson Maunt Brunu Fernandeshning aniq uzatmasini darvoza markaziga yo‘llab, hisobni oshirdi.
O‘yin so‘ngida Moskeraning jarima maydonida qo‘li bilan to‘pga tegishi natijasida penaltiga sabab bo‘ldi. "Yunayted" sardori Brunu Fernandesh o‘sha penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘zining ikkinchi golini urdi va yakuniy 4:1 hisobini o‘rnatdi.
Vulverhempton — Manchester Yunayted 1:4
Gollar: Belgard 45+2 – Fernandesh 25, 82 pen, Mbeumo 51, Mount 63
Vulverhempton — Jonston, Volf, Agbadu, Andre, Arias (Mane, 70), Belgard (Lopes, 54), Kreychiy, Larsen (Arokodar, 69), Moskera, Toti (Bueno, 70), Huver (Chatchua, 87).
Manchester Yunayted — Lammens, Dalot (Dorgu, 84), Mazraui (Martines, 69), Heven (Yoro, 69), Shou, Diallo, Kazemiro (Maynu, 78), Fernandesh, Maunt (Zirkzee, 84), Kunya, Mbeumo.
Ogohlantirishlar: Larsen 44, Kreychiy 46, Moskera 81 – Mbeumo 38
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.