Arbeloa Trentni tarkibdan chiqarmoqchi ekani rad etildi

OAVda tarqalgan, goʻyoki Alvaro Arbeloa Trent Aleksander-Arnolddan endi foydalanmasligi va bu haqda futbolchining oʻziga aytib qoʻygani haqidagi xabarlar asossiz. Bu haqda The Athletic nashri maʼlum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Trent yaqin vaqt ichida maydonga qaytishi kutilmoqda va Arbeloa kelgusi oylarda ingliz futbolchisiga tayanishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq matbuotda 27 yoshli futbolchining «Real»dagi vaziyatini «Manchester Siti» sinchiklab kuzatayotgani haqida ham xabarlar uchragandi.
Trent Aleksander-Arnold o‘tgan yozdan buyon «Real» sharafini himoya qiladi, biroq Madrid klubida u hozircha jarohatlar bilan kurashmoqda. U «qaymoqranglilar» safida 16 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!