
2025 yil 11 dekabr kuni Chempionlar ligasining oltinchi turada "Atletik" va PSJ 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Garchi mehmonlar ko‘proq imkoniyatlar yaratib, ikki bor gol urishga yaqin kelishgan bo‘lsa-da, mezbonlar darvozaboni Unay Simon jamoasini qutqarishga erishdi.
"Atletik" o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshladi va asosan himoyaga e’tibor qaratdi. PSJ esa to‘pni nazorat qilib, qanotlardan hujumlarni faol tashkil etdi.
Fabian Ruiz va Barkola bir necha bor mezbonlar darvozasiga xavf tug‘dirdi, lekin Simon barcha zarbalarni muvaffaqiyatli qaytardi. Ikkinchi bo‘limda bosim yanada kuchaydi.
Xvicha uzoq masofadan zarbalar berdi va qanotlardan vaziyatlar yaratdi, ammo zarbalarida aniqlik yetishmadi. Barkola to‘pni darvoza ustuniga urdi, keyinoq esa Fabian Ruizning zarbasidan so‘ng to‘pni Berchiche darvoza chizig‘idan qaytardi.
Mezbonlar esa Uilyams va Berenger orqali epizodik hujumlar uyushtirishga harakat qildi, ammo jiddiy xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi. O‘yin oxirida PSJ yuqori pressing bilan o‘ynadi, biroq "Atletik" himoyasini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘la olmadi.
Atletik — PSJ 0:0
Atletik – Simon, Vivian, Berenger, Sanset, Niko Uilyams, Guruseta (Gomes, 62), Areso (Gorosabel, 73), de Galarreta (Vesga, 78), Berchiche, Xauregisar (Rego, 73), Boyro.
PSJ – Safonov, Zair-Emeri, Markinos (Zabarniy, 46), Pacho, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Mayulu (Due, 62), Barkolya (Ramush, 78), Kvaratsxeliya.
Ogohlantirishlar: Hauregisar 27, Berenguer 48, Gomes 90+3 – Zair-Emeri 30.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.