date

Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi qo‘shig‘i tez sur’atda mashhur bo‘lmoqda (audio)

Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi qo‘shig‘i tez sur’atda mashhur bo‘lmoqda (audio)

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev 24 yanvar kuni, ya’ni ikki kun avval, o‘zining YouTube kanali orqali “Hayot” nomli yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi. Qisqa vaqt ichida ushbu qo‘shiq keng muhokamalarga sabab bo‘lib, tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tarona ikki kun ichida qariyb 100 ming marta tinglangan. Shuningdek, videoga 200 dan ortiq izoh qoldirilgan bo‘lib, ularda muxlislar qo‘shiqning mazmuni, musiqasi va ijrosini yuqori baholamoqda.

Tinglovchilar orasida “Hayot” taronasini samimiy, chuqur ma’noga ega va ruhiyatga ta’sir etuvchi qo‘shiq sifatida ta’riflayotganlar ko‘p. Qo‘shiqqa bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib borayotgani esa, uning yaqin vaqt ichida yanada ommalashishidan darak beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi qo‘shig‘i tez sur’atda mashhur bo‘lmoqda (audio)