Chempionlar ligasining tur ramziy jamoasiga Vinisius ham kirdi

Chempionlar ligasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida umumiy bosqichning 7-turi yakunlariga ko'ra haftaning ramziy jamoasi e'lon qilindi. Ro'yxatdan "Real" hujumchisi Vinisius va "Barselona" yarimhimoyachisi Fermin Lopes ham joy oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tur ramziy jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi: Tsolakis ("Olimpiakos") – Porro ("Tottenhem"), Gundersen ("Bude-Glimt"), Van Deyk ("Liverpul"), Djafarguliyev ("Qorabog'"); Tyuram ("Yuventus"), Navarro ("Atletik"), Fermin Lopes ("Barselona"); Simeone ("Atletiko"), Vinisius ("Real"), Suares ("Sporting" Lissabon).
7-turdan so'ng Chempionlar ligasida 15 ta jamoa pley-off bosqichiga yo'l oldi. "Arsenal" va "Bavariya" esa 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqdi.
Umumiy bosqichning 8-tur uchrashuvlari 28-yanvar kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!