Insinye yana Napoli safiga qaytishi mumkin

Italiyalik qanot hujumchisi Lorenso Insinyening xizmatlari yana «Napoli»ga taklif qilindi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli futbolchi neapolliklar bilan 6 oylik qisqa muddatli shartnoma imzolashga tayyor, kelishuvda yana bir yilga uzaytirish bandi ham bo'lishi mumkin. Qayd etilishicha, Insinye «Napoli»ga qaytish uchun maosh masalasida ham yon berishga rozi.
Insinye «Napoli» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, asosiy jamoada 2010–2022 yillarda to'p surgan. Shundan so'ng u uch yil Kanadaning «Toronto» klubida o'ynadi. O'tgan yozdan beri futbolchi erkin agent maqomida, biroq formani ushlab turish ustida ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing