Xaykin Man Siti ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixiga kiritdi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan yorqin g'alabadan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar ingliz grandini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
«O'yindan keyin ham biz shunday jamoani yutganimizni to'liq anglab yetmadik. Ehtimol, XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tashkilotlardan birini ortda qoldirdik. Bu o'yin nafaqat biz uchun, balki norveglar uchun ham, umuman Norvegiya sporti uchun tarixga kirdi», — dedi Xaykin VideoSports dasturida.
Darvozabonning ta'kidlashicha, bu natija uning faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri hisoblanadi.
Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!