date

Luis Enrike PSJ Oserga qarshi ko'proq gol urishi kerak edi

Luis Enrike PSJ Oserga qarshi ko'proq gol urishi kerak edi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 19-turida "Oser"ga qarshi o'yinda jamoasi 1:0 hisobidan ko'prog'iga loyiq bo'lganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklar safarda minimal hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bredli Barkola bo'ldi.

"Hisob atigi 1:0, ammo menimcha, biz bundan ham ko'prog'iga loyiq edik. Har bir o'yinda g'alaba qozonish naqadar qiyinligini bilamiz", — deya Enrikening so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Mutaxassis safarda o'ynash doim og'ir kechishini, shu bilan birga parijliklarning vazifasi "Lans"ga bosim o'tkazish bo'lganini ham qo'shib o'tdi.

Ushbu natijadan keyin PSJ turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni egalladi. Biroq "Lans" safarda "Marsel"ni mag'lub etsa, parijliklar yana yetakchilikni boy berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJ Oserga qarshi ko'proq gol urishi kerak edi