date

Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bormoqda

Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bormoqda

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniga yetib bormoqda: jamoalarni atigi bitta tur kutmoqda. Yetti o'yin haftasidan keyin WhoScored statistik portalida turnirning eng yaxshi futbolchilari reytingida Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe peshqadamlik qilmoqda. U to'purarlik poygasida ham 11 gol bilan aniq yetakchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'rtacha baho bo'yicha ikkinchi o'rin «Bavariya» hujumchisi Garri Keynga tegishli. Kuchli uchlikni esa uning jamoadoshi Maykl Olise yakunlab turibdi. Reytingda «Atletiko» vakili Xulian Alvares to'rtinchi, «Liverpul» futbolchisi Dominik Soboslai esa beshinchi pog'onadan joy olgan.

6–10-o'rinlarda Viktor Osimhen («Galatasaray»), Lamin Yamal («Barselona»), Yens Xauge («Bude-Glimt»), Hvicha Kvaratsxeliya («PSJ») hamda «Real» darvozaboni Tibo Kurtua qayd etilgan.

So'nggi tur uchrashuvlari 28-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasida Keyn ikkinchi, Yamal yettinchi bormoqda