Al-Nasr Ronaldu klubda qolishi uchun yangi reja tuzdi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni mo'ljallamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni Ronaldu mamlakatda qolishi uchun uni klub egasi sifatida ushlab qolish variantini ko'rib chiqmoqda. Rejaga ko'ra, futbolchining «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushi 15 foizgacha oshirilishi mumkin. Liga Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.