Igor Diveyev Podolski va O'zil bilan suratini ko'rsatdi

«Zenit» himoyachisi va Rossiya terma jamoasi a'zosi Igor Diveyev ijtimoiy tarmoqlarda arxivdagi suratini ulashdi. Kadrda u 10 yoshligida Germaniya terma jamoasi futbolchilari bilan birga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Suratda Lukas Podolski, Bastian Shvaynshtayger va Mesut O'zil ham ko'rinadi. Diveyev o'sha paytda futbolchilar bilan birga maydonga chiqish imkoniga ega bo'lganini eslab o'tdi.
Uning yozishicha, bu Rossiya terma jamoasi bilan ilk bor maydonga chiqqan onlari bo'lgan: «Bu mening terma jamoamiz bilan birinchi maydonga chiqishim! Faqat Podolski, Shvaynshtayger va O'zil kompaniyasida», — deya izoh qoldirdi himoyachi.
Ushbu surat 2010 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi Rossiya — Germaniya uchrashuvi oldidan olingan. 2009 yil oktyabrida Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Rossiya 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan, yagona golni Miroslav Kloze urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!