Telegram shaxsiy yozishmalar himoyasi sababli Fransiya bozoridan chiqib ketishi mumkin

1 daqiqa o'qish177
Telegram shaxsiy yozishmalar himoyasi sababli Fransiya bozoridan chiqib ketishi mumkin

«Telegram» asoschisi Pavel Durov agar Fransiya hukumati foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish huquqini talab qilishda davom etsa, servis ushbu mamlakat bozorini butunlay tark etishini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, davlat vakolatlarining ma'lumotlar sohasida kengayishi axborot sizib chiqishi va suiiste'molchilik xavfini tug'diradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Durov o'z fikrini asoslash uchun politsiya statistikasini misol qilib keltirdi. 2026 yil boshidan buyon Fransiyada kriptovalyuta egalarini o'g'irlash bilan bog'liq 41 ta holat qayd etilgan.

Shuningdek, u Il-de-Frans hududi soliq xizmati xodimasi yopiq bazalardagi ma'lumotlarni sotishda gumonlanayotganini eslatib o'tdi. Tadbirkorning fikricha, yig'iladigan ma'lumotlar hajmining ortishi bunday tahdidlarni yanada kuchaytiradi.

Bundan tashqari, Durov yaqinda ANTS agentligiga qilingan xakerlik hujumiga to'xtalib o'tdi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, ushbu hujum natijasida kamida 10 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari tarmoqqa sizib ketgan bo'lishi mumkin.

Aynan shu sababli «Telegram» korrupsiyalashgan byurokratlarga shaxsiy yozishmalarni taqdim etishdan ko'ra, Fransiya bozoridan chiqib ketishni afzal ko'radi.

Eslatib o'tamiz, Pavel Durov 2024 yil avgust oyidan buyon Fransiyada tergov ostida qolmoqda. Unga nisbatan messenjer orqali noqonuniy harakatlarga ko'maklashish aybi qo'yilgan edi.

U 5 million yevro garov puli evaziga ozod qilingan, keyinchalik mamlakatdan chiqish bo'yicha cheklovlar olib tashlangan bo'lsa-da, tergov harakatlari hali ham davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?