Zabarniy PSJ g'alabasidan keyin fikrlarini bildirdi

Fransiya chempionati 19-turida «PSJ» safarda «Oser»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni bahs so'ngida qanot hujumchisi Bredli Barkola urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin natija haqida himoyachi Ilya Zabarniy ham fikr bildirdi.
«Jamoa raqibni oxir-oqibat sindira olishiga ishondi. «PSJ» hech qachon to'xtamaydi va doimo o'z ishini qiladi — bu bizning eng katta kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urilishiga faqat vaqt masalasi qolgan edi», — dedi ukrainalik futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda.
Ushbu g'alabadan so'ng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. Parij klubi «Lans»dan ikki ochko oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!