date

Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni “sayyoralik” deb atadi

Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni “sayyoralik” deb atadi

Yuventus bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor hujumchi Kenan Yildizning o‘yiniga yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida Napoli ustidan 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga hissa qo‘shdi va uchrashuvda gol muallifiga aylandi.

Spallettining aytishicha, Yildiz oddiy futbolchi emas: u “go‘yoki sayyoralik”, ba’zan ataylab xato qilib, o‘zini oddiy insondek ko‘rsatishga uringandek tuyuladi. Murabbiy bu fikrlarni DAZN bilan suhbatda bildirdi.

Turkiyalik yosh yulduz joriy A Seriya mavsumida 21 o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani rasmiylashtirdi.

Turnir jadvalida Yuventus 42 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda, Napoli esa 43 ochko jamg‘argan holda to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni “sayyoralik” deb atadi