date

Ispaniya terma jamoasi sardorlari Luis Rubialesning xatti-harakatlarini rasman qoralashdi

Ispaniya terma jamoasi sardorlari Luis Rubialesning xatti-harakatlarini rasman qoralashdi

Ispaniya erkaklar terma jamoasi sardorlari mamlakat futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubialesning xatti-harakatlarini qoralab, rasmiy bayonot bilan chiqishdi. Alvaro Morata, Sezar Aspilikueta, Rodri va Marko Asensio Rubialesning ayollar o'rtasidagi jahon chempionati finalidan keyingi harakatlarini qabul qilib bo'lmas deb atashdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sardorlar o'z bayonotida dastlab ayollar terma jamoasini Sidneyda qo'lga kiritilgan tarixiy g'alaba bilan tabriklashdi. Ular ushbu muvaffaqiyat Ispaniya ayollar futbolida yangi davrni boshlab berishini va ko'plab ayollar uchun ilhom manbai bo'lishini ta'kidlashdi.

Shu bilan birga, futbolchilar Jenni Ermoso bilan bog'liq voqeadan so'ng o'z hamkasblari bilan birdam ekanliklarini bildirishdi. Ularning fikricha, Rubiales o'zining nomaqbul xulqi bilan o'zi rahbarlik qilayotgan tashkilot obro'siga putur yetkazgan va sport qadriyatlariga zid ish tutgan.

Eslatib o'tamiz, Luis Rubiales final uchrashuvidan so'ng taqdirlash marosimida Jenni Ermosoni ruxsatsiz o'pgani uchun keskin tanqidlar ostida qolgan edi. FIFA uni o'z lavozimidan vaqtincha chetlatgan bo'lsa-da, Rubiales iste'fo berishdan bosh tortib kelmoqda.

Ispaniya ma'muriy sudi Rubialesning harakatlarini «jiddiy» deb baholadi, biroq «o'ta jiddiy» emas degan xulosaga keldi. Federatsiya rahbari esa o'ziga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishayotganini aytib, haqiqatni isbotlash uchun kurashishini ma'lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispaniya terma jamoasi sardorlari Luis Rubialesning xatti-harakatlarini rasman qoralashdi