Mafio Vinisiusni boks tushishga chaqirib, uni 10 soniyada yengishini ma'lum qildi

Mafio Vinisiusni boks tushishga chaqirib, uni 10 soniyada yengishini ma'lum qildi
Qisqacha

Pablo Mafio, Mallorca himoyachisi, Viniisius Junyorni boksda 10 soniyada yengishini aytib, uni provokatsiya qildi. Viniisius o'yin davomida muxlislar tomonidan bosimga uchradi va bu holat ularning o'rtasidagi eski adovatni yana jonlantirdi. Ushbu nizolar 2022-23 yilgi mavsumdan beri davom etmoqda va Mafio Viniisiusni "yig'loqi" deb atagan.

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Mallorka»ga qarshi kechgan bahsda yana diqqat markazida bo'ldi. Braziliyalik yulduz o'yinning 59-daqiqasida zaxiradan maydonga tushganidan so'ng, mezbon muxlislar tomonidan keskin bosimga uchradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuv davomida Vinisius va «Mallorka» himoyachisi Pablo Mafio o'rtasidagi eski adovat yana jonlandi. Futbolchilar o'zaro og'zaki va jismoniy to'qnashuvlarga kirishdi.

Mafio raqibini provokatsiya qilish maqsadida unga «plyaj futboli» haqida ishora qilib, braziliyalikning mahoratini kamsitishga urindi.

Ispaniya stadionlarida muxlislar Vinisiusga nisbatan «plyaj koptogi» iborasini ishlatib, uning «Oltin to'p»ni «Man Siti» yarim himoyachisi Rodriga boy berganini eslatib kelishmoqda. Bu kabi hayqiriqlar futbolchi uchun ruhiy bosim o'tkazishning bir usuliga aylangan.

Mafio va Vinisius o'rtasidagi nizo 2022-23 yilgi mavsumdan buyon davom etib kelmoqda. Avvalroq Mafio braziliyalik futbolchini ko'p shikoyat qilishi uchun «yig'loqi» deb atagan edi.

Himoyachi hatto Vinisius bilan ehtimoliy boks tushsa, uni 10 soniya ichida mag'lub etishini ta'kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar