Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga rasmiy ayblov qo‘yildi

Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga rasmiy ayblov qo‘yildi
Qisqacha

AQShda o'qituvchi bo'lib ishlagan Ko'l Allen Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinishda gumonlanmoqda. Unga suiqasd, o'qotar quroldan foydalanish va qurollarni turli shtatlar orqali tashish kabi jinoiy ayblovlar qo'yilgan. Agar ayblovlar isbotlansa, Allen 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, hatto umrbod qamoq jazosi ham tahdid qilinmoqda. U barcha ayblovlarni rad etmoqda va tergov davom etmoqda.

AQSHda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Koul Allenga mamlakat prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirishga urinish aybi ilgari surildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchiga shuningdek jinoyat sodir etishda o‘qotar quroldan foydalanish hamda og‘ir jinoyatni amalga oshirish maqsadida qurolni turli shtatlar orqali tashish kabi moddalar bo‘yicha ham ayblovlar e’lon qilingan. Ushbu ayblar isbotlansa, unga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilmoqda. Agar sud uni prezidentga suiqasd qilishda aybdor deb topsa, umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Ayni paytda Allen o‘ziga nisbatan bildirilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u ehtimoliy hujumni amalga oshirish maqsadida bir nechta shtatlar orqali harakatlangan. Qo‘lga olingan paytda uning yonidan 12 kalibrli pompa miltig‘i, bir nechta pichoq va boshqa qurollar topilgani aytilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda va hozircha mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlanmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar