"Real Madrid" Rodri transferi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

"Man Siti" yarim himoyachisi Rodri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Madridning "Real Madrid" klubi 2024-yilgi "Oltin to'p" sohibini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Madridliklar 30 yoshga yaqinlashayotgan futbolchi uchun jiddiy taklif tayyorlamoqda.

Rodri va "shaharliklar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma yakunlanishiga bir yil vaqt qolmoqda. Hozircha tomonlar yangi kelishuv borasida bir qarorga kelmagan.
Sobiq futbolchi Garet Berri klub rahbariyatiga Rodrini har qanday yo'l bilan jamoada saqlab qolishni maslahat berdi.

Berrining fikricha, Rodri og'ir jarohatdan so'ng o'z formasini tiklamoqda va u dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo'lib qolmoqda. Agar ispaniyalik futbolchi ketadigan bo'lsa, uning o'rniga "Nottingem Forest" a'zosi Elliot Anderson munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Anderson hozirda Angliyaning eng iqtidorli tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Gvardiola tizimida u Rodri kabi o'yinni o'qish va pressing qilish qobiliyatini namoyish eta olishi taxmin qilinmoqda.
Biroq "Nottingem Forest" o'z yulduzini arzon narxga qo'yib yubormoqchi emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!