date

OAV: Rossiya askarlari haqida kannibalizmga oid shov-shuvli daʼvolar tarqalmoqda

OAV: Rossiya askarlari haqida kannibalizmga oid shov-shuvli daʼvolar tarqalmoqda

Rossiya armiyasida yuzaga kelgan oziq-ovqat yetishmovchiligi sababli kannibalizm, yaʼni odam yoki hayvonning oʻz turiga mansub boshqa individni yeyishi bilan bogʻliq holatlar qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “The Sunday Times” nashri maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Ukrainaga bostirib kirishda qatnashgan ayrim rossiyalik harbiylar oziq-ovqat tanqisligi tufayli kannibalizmga murojaat qilishga majbur boʻlgan. Nashr bu borada Ukraina harbiy razvedkasi taqdim etgan materiallar, jumladan fotosuratlar va rus zobitlari oʻrtasidagi oʻnga yaqin audio yozuvlarga tayangan. Shuningdek, maʼlumotlarda oʻz hamkasblarini isteʼmol qilgan kamida beshta holat haqida soʻz yuritilgan.

Qayd etilishicha, holatlardan biri 2025 yil noyabr oyida Donetsk viloyatining Mirnograd hududida yuz bergan. Keltirilgan dalillarga koʻra, 95-alohida gvardiya motorli miltiq brigadasining 51-polkida xizmat qilgan “Choʻloq” chaqiruv belgisiga ega piyoda askar ikki hamkasbini oʻldirib, ulardan birining oyogʻini yeyishga uringan.

Bu haqda nomaʼlum ofitser brigada razvedka batalyoni komandirining oʻrinbosari Vladislav Razikovga Telegram orqali xabar yuborgan. U, shuningdek, dalil sifatida tasvirlar, jumladan kesilgan oyoqning fotosuratini ham taqdim etgan.

Aytilishicha, ushbu tasvirlar maxsus dasturlar yordamida tahlil qilingan. Suratni koʻrib chiqqan mustaqil harbiy jarrohning fikricha, jarohatlar jangovar emas, balki oʻtkir predmet bilan kesish natijasida yetkazilgan boʻlishi mumkin.

Mavjud audio xabarlarda esa ofitser inson goʻshtini yeyishga harakat qilgan askar podvaldan topilganini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, askarni qoʻlga olishga uringan vaqtda u oʻt ochgan va shu joyning oʻzidayoq yoʻq qilingan.

Bundan tashqari, ofitser oʻz qoʻl ostidagi harbiylar ochlik va qattiq charchoqdan aziyat chekayotganini ham aytgan. Boshqa yozib olingan suhbatlarda ham kannibalizm holatlari tilga olingan. Jumladan, oʻtgan yil aprel oyida “Most” chaqiruv belgisiga ega askar qoʻmondoniga inson goʻshtini isteʼmol qilgan hamkasbi haqida shikoyat qilgan.

Shuningdek, 2025 yil oktyabr oyida 1437-motorli miltiq polki qoʻmondoni ham shunga oʻxshash holatda boʻysunuvchisini ayblab, “odam goʻshtini yeyishni” toʻxtatishni talab qilgani maʼlum qilingan.

Yana bir xabarda esa 55-motorli miltiq brigadasi rahbari alkogol va giyohvand moddalar qatorida kannibalizmni qatʼiy taqiqlovchi buyruq chiqargani aytilgan.

Ukraina tomoni ham qoʻlga tushgan rossiyalik askarlar oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qilayotganini bildirgan. Shuningdek, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining sobiq kapitani Bredli Martin Rossiya armiyasida taʼminot bilan bogʻliq muammolar haqidagi maʼlumotlar ishonchli boʻlishi mumkinligini taʼkidlab, qoʻshinlarni taʼminlash Rossiya qoʻmondonligi uchun ustuvor vazifa emasligini qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Rossiya askarlari haqida kannibalizmga oid shov-shuvli daʼvolar tarqalmoqda