Zabarniy PSJ gʻalabasidan keyin jamoa ruhini taʼkidladi

Fransiya chempionatining 19-turi doirasida PSJ safarda "Oser"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuv taqdirini soʻnggi daqiqalarga yaqin hujumchi Bredli Barkolaning goli hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bellashuvdan soʻng himoyachi Ilya Zabarniy natija va jamoaning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Jamoa oxirigacha raqibni sindira olishiga ishondi. PSJ hech qachon to‘xtamaydi, har doim o‘z ishini qiladi — bu bizning eng katta kuchimiz. Hisob qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish vaqt masalasi edi", — dedi ukrainalik futbolchi OAV bilan suhbatda.
Ushbu gʻalabadan soʻng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamgʻarib, Liga 1 turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qoldi. Parijliklar "Lans"dan ikki ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!